Telefon raqamingizni qoldiring, biz siz bilan bog'lanamiz!
Yoki bizga qo'ng'iroq qiling:
+998 90 928 54 44
Korxona haqida
"Yorug' Yo'l" korxonasi - 2006-yildan beri yoritish ustunlarini ishlab chiqarish sohasida ishonchli hamkor hisoblanadi.

Bizning tajribamiz va mahsulotlarimiz yuqori sifatini "Akfa Lighting", "Dream Electro Trade", "ToshShaharNur", "Trest", "Golden House", Toshkent shahar hokimiyati, "Mimar Group", "Enter Engineering", "Kapital Tamir Nur", "Samarqand Tramvay Yollari Direksiyasi", Smart Illumination" kabi yetakchi kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelishimiz tasdiqlaydi.

Biz mijozlarimizga ko'cha va jamoat joylari uchun estetik va funksional jihatdan mukammal yoritish yechimlarini taqdim etib, innovatsiyaga intilamiz. Yorqin yo'l biz bilan boshlanadi.
Bizning xizmatlarimiz
Bizning xizmatlarimiz
Bizning xizmatlarimiz haqida batafsil ma'lumot olish uchun elektron pochta yoki telefon orqali bog'laning yoki qayta qo'ng'iroq qilishga buyurtma bering.
  • "Tokar" bilan ishlov berish
    "Tokar" uskunasi metall detallarini shakllantirish va ishlov berishga yordam beradi. "Tokar" uskunasi tayyorlov materialini aylantirib, uni kesuvchi asbob yordamida shakllantiradi.
  • "Frezer" bilan ishlov berish
    "Frezer" uskunasi yuqori aniqlik bilan detallash va mahsulotlarni shakllantirishga yordam beradi.
  • Elektroerozion ishlov berish
    Elektr zaryadi yordamida detallarni shakllantirish. Bu orqali murakkab shakllar va detallarni yuqori aniqlik bilan yaratish mumkin.
  • 250 tonnalik press xizmatlari

    250 tonna bosim kuchiga ega press yordamida materiallarga ishlov berish va shakllantirish xizmati.

    • Shesterenka, val, shkivni siqib chiqarish.
    • Drobilka ehtiyot qismlariga texnik xizmat ko'rsatish.
  • Lazer yordamida metall
    kesish xizmati
    Lazer nuri bilan metall materiallarni yuqori aniqlikda kesish, gravirovka yoki markirovka qilish xizmati.
  • Quyma xizmatlar ("Литейка")
    Materialni (metall, alyuminiy...) eritib, qoliplarga
    quyish orqali detallarni yaratish xizmati.
  • Plazma bilan kesish
    Plazma yordamida metallni yuqori tezlik va
    aniqlik bilan kesish xizmati.
  • List bukish xizmati
    Maxsus uskunadan foydalanib, listni bukish orqali ma'lum shakllarga ega detallarni yaratish xizmati.
  • Payvandlash xizmatlari ("Сварка")

    Materiallarni payvandlash yo'li bilan ulash, mustahkam va bardoshli konstruktsiyalar yaratish yoki ta'mirlash.

    • Argon bilan payvandlash
    • Lazer bilan payvandlash
    • Kemping
  • Press qoliplar yaratish
    Detallarni quyish, shtamplash yoki boshqa texnologiyalar yordamida ishlab chiqarish uchun maxsus shakllar (press-qoliplar) yaratish xizmati.
  • Teshish xizmatlari ("Сверло")
    List yoki boshqa materiallarda turli chuqurlik, kesim va diametrlarda teshiklar hosil qilish orqali metallga ishlov berish xizmati.
  • Kukunli bo'yash xizmatlari
    (o'lchami 10m * 2,5m)
    ("Порошковая покраска")
    Metall yuzasiga polimer-kukun bo‘yog‘ini qo‘llash – bu zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan ishonchli antikorroziya ta’sirini yaratish usuli hisoblanadi.
Bizning afzalliklarimiz
Bizning afzalliklarimiz
  • Yoritish jihozlarining keng tanlovi:

    • Devorga o'rnatiladigan bralar
    • Projektorlar
    • Park yoritgichlari
    • Tashqi yoritish
    • Stadion uchun yoritish uskunalari
    Bizda uyda qulaylik yaratish, ko‘chalarda xavfsizlikni ta’minlash va sport tadbirlarini yoritish uchun turli xil yoritish yechimlarini topasiz.
    Har qanday ehtiyoj uchun sifatli yoritish uskunalarini topishingiz mumkin!"
  • Individual dizayn

    Biz mijozlar dizaynerining talablari, chizmalariga aniq mos keladigan yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaramiz. Bizning jamoamiz sizning chizmalar va texnik topshiriqlaringiz asosida har qanday dizaynni hayotga tatbiq etishga tayyor.

  • Qulay o'rnatish

    Tajribali mutaxassislarimiz yoritish uskunalarini o‘rnatish xizmatlarini ham taqdim etadi. Biz montaj (o'rnatish) jarayonini iloji boricha qulay va samarali qilishga harakat qilamiz. Har qanday murakkablikdagi ishlarni sifatli bajarishga tayyormiz.

  • Texnik xizmat ko'rsatish va Kafolat

    Kafolat muddati davomida istalgan vaqtda nosoz qismlarni almashtirishib beramiz. Mahsulotlarimizning 100% sifatini va soz xizmat ko‘rsatishini kafolatlaymiz.

Kontaktlar
Kontaktlar

Toshkent shahar, Sirg'ali tumani,
Honobod ko'chasi, 92 uy
+998 90 928 54 44
2006-yildan beri sifat va ishonch bilan
Made on
Tilda