Telefon raqamingizni qoldiring, biz siz bilan bog'lanamiz!
Yoki bizga qo'ng'iroq qiling:
+998 90 928 54 44

Bizning loyihalar

"Minor" masjidi
"Minor" masjidi, Toshkent shahridagi Anhor kanali bo‘yida joylashgan bo'lib, bizning jamoamiz uchun sharaf va g‘urur manbai hisoblanadi. Ushbu go'zal me’moriy obyektning qurilishi 2013 yilning yozida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Toshkent shahrining “Minor” mahallasida masjid qurish bo‘yicha qaroriga muvofiq boshlandi.

Jamoamiz har doim islom me’morchiligining an’analari va go‘zalligini o‘zida mujassam etgan ushbu ajoyib va ma’naviy maskanni yaratishda o‘z hissasini qo‘shganidan faxrlanadi.

"Shahidlar Xotirasi"

memorial majmuasi

"Shahidlar Xotirasi" (Qatag‘on qurbonlari xotirasi) yodgorlik majmuasi qiyin qatag‘on davrlarda aziyat chekkanlar insonlar xotirasini ulug‘lashning ramziga aylandi.

1920-1940 yillarda o‘n minglab insonlar qatag‘on qilingan tarixiy joyda joylashgan loyihamiz, qurbon bo'lganlar xotirasiga hurmat bilan yondashilgan holda yaratildi va tarix bilan bog‘lanishning muhim ramziga aylandi.
"Motamsaro ona" haykali
Bu bizning Mustaqillik maydonidagi yodgorlik majmuasi uchun ishlab chiqgan loyihamiz. Biz "Motamsaro ona" yodgorligi bilan uyg‘unlashgan noyob dizayndagi yoritgichlarni o‘rnatdik. Ushbu yodgorlik Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan 400 ming o‘zbekistonlik askarlar xotirasi uchun barpo etilgan.
INHA Universiteti
Toshkentdagi INHA universiteti uchun loyiha.

Mazkur loyiha Toshkent shahridagi Ziyolilar ko'chasida joylashgan INHA universiteti uchun maxsus ishlab chiqilgan noyob yoritgichlarni o'z ichiga oladi.

Ushbu yoritgichlarning dizayni O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan shaxsan tanlangan bo‘lib, u paxta gullarining go‘zalligidan ilhomlanib, o‘ziga xos va ramziy qiyofani yaratadi.

Shunga o‘xshash dizayndagi yoritgichlar Bunyodkor stadionida va Navoiy ko‘chasida ham muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
Jahon Iqtisodiyoti va
Diplomatiya Universiteti
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti uchun maxsus ishlab chiqilgan yoritgichlar minimalizm va zamonaviy dizaynning yorqin namunasi hisoblanadi.

Zamonaviy LED texnologiyalari bilan jihozlangan ushbu yoritgichlar universitet majmuasining zamonaviy arxitekturasi bilan uyg‘unlashgan.

Minimalizm va yuqori texnologiyali yoritishning o‘quv maskanida zamonaviy va funksional muhit yaratadi. Ushbu loyiha nafaqat samarali yoritishni ta’minlaydi, balki universitet binosiga zamonaviy va uslubiy ko‘rinish beradi.
Kontaktlar
Kontaktlar

Toshkent shahar, Sirg'ali tumani,
Honobod ko'chasi, 92 uy
+998 90 928 54 44
2006-yildan beri sifat va ishonch bilan
Made on
Tilda